Bugun nima pishiramiz?
Qozon — o‘zbek taomlari retseptlari. Porsiyani o‘zgartirasiz, masalliqlar o‘zi qayta hisoblanadi. Tayyorlashda esa har qadamda taymer yo‘l boshlaydi — qo‘lingizda telefon ushlab turish shart emas.
Bepul · Reklamasiz · Kitobchi ID bilan bitta kirish
Oshxonada haqiqatan kerak bo‘ladigan narsalar
Ortiqcha tugma yo‘q. Faqat pishirayotganda qo‘l keladigani.
Porsiya hisoblagich
4 kishilik retseptni 7 kishiga moslang — har bir masalliq miqdori o‘zi qayta hisoblanadi. “Ta’mga ko‘ra” bo‘lganlari o‘z holicha qoladi.
Qadamma-qadam taymer
Har qadamning o‘z vaqti bor. Taymer tugaganda ilova ogohlantiradi, keyingi qadamga o‘zi o‘tadi. Ekranni qidirib yurmaysiz.
Masalliqlar bir qarashda
Har bir masalliqning o‘z belgisi va miqdori. Bosib ko‘rsangiz nima ekani va qancha kerakligi chiqadi.
Saqlangan retseptlar
Yoqqanini saqlab qo‘ying — telefon almashsa ham Kitobchi ID orqali hammasi o‘rnida turadi.
O‘z retseptingiz
“Guruch 700 gr” deb yozsangiz kifoya — ilova miqdor, o‘lchov va nomni o‘zi ajratadi. Qadamlarni sudrab tartiblang.
Haqiqiy baholar
Pishirib ko‘rganlar baho qo‘yadi. Reyting — tayyorlab ko‘rgan odamlarning fikri, reklama emas.
Uch qadam — va qozon olovda
Retseptni tanlang
Turkum, oshxona yoki murakkablik bo‘yicha filtrlang. Har kartada vaqt, baho va masalliqlar soni ko‘rinib turadi.
Porsiyani belgilang
Necha kishiga pishirayotganingizni ayting. Ro‘yxat o‘zi qayta hisoblanadi — bozorga shu ro‘yxat bilan borasiz.
Pishirishni boshlang
Ilova qadamlarni ketma-ket ko‘rsatadi, vaqtini sanaydi va oxirida taomingizga baho qo‘yishni so‘raydi.