Oxirgi yangilanish: 28.10.2026
Qozon — Kitobchi ekotizimidagi retsept ilovasi. Quyida ilova qanday ma’lumot yig‘ishi va u bilan nima qilishi yozilgan.
Qozon parol ham, telefon raqamingizni ham saqlamaydi. Kirish Kitobchi ID orqali amalga oshiriladi. Qozon serveri Kitobchi ID bergan tokendan faqat sizning shu ilovaga tegishli raqamli identifikatoringizni oladi. Bu identifikator Qozon uchun alohida yaratiladi, shuning uchun uni boshqa ilovadagi hisobingiz bilan solishtirib bo‘lmaydi.
Telefon raqami, parol, to‘lov ma’lumotlari, joylashuv va qurilmangizdagi kontaktlar Qozon serverida saqlanmaydi.
Retsept rasmlari obyekt saqlash xizmatida (Cloudflare R2) saqlanadi. Rasm yuklaganingizda u to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘sha xizmatga boradi.
Qozon reklama tarmoqlariga yoki tahlil xizmatlariga ma’lumot yubormaydi. Ma’lumot faqat Kitobchi ekotizimi serverlarida qoladi.
Ilova sozlamalaridan hisobingizni o‘chirishingiz mumkin. Bunda Qozondagi profilingiz, saqlanganlaringiz va baholaringiz o‘chiriladi. Kitobchi ID hisobingiz tegilmaydi — u Kitobchi tomonda alohida boshqariladi.
Savollar bo‘lsa: info@kitobchi.com